Dastlabki qadamlar
Telegram kanalimiz 2021-yilda faoliyat boshlagan. RMS kurslari esa 2022-yil 29-mayda rasman tashkil etilgan.
Rakhmatovs Medical School
Rakhmatovs Medical School — tibbiy bilimlarni tushunarli, tizimli va izchil o‘rgatishni maqsad qilgan ta’lim maktabi.
Telegram kanalimiz 2021-yilda faoliyat boshlagan. RMS kurslari esa 2022-yil 29-mayda rasman tashkil etilgan.
Shu vaqt davomida minglab talabalar bilan ishladik, ularning savollarini eshitdik, takliflarini o‘rgandik va o‘quv dasturlarimizni takomillashtirib bordik.
Talaba nimaga qiynalishini, qaysi mavzular murakkabroq ekanini, qanday tushuntirish usullari samaraliroq bo‘lishini o‘rgandik.
Bugun ana shu tajriba asosida tibbiy ta’limni yanada qulay, tushunarli va tizimli qilish ustida ishlayapmiz.
Yaxshi kurs bilim beradi.
TO‘G‘RI MUHIT ESA SIZNI O‘ZGARTIRADI.
RAKHMATOVS MEDICAL SCHOOL — bu shunchaki kurs emas. Bu o‘z ustingizda ishlashga majbur qiladigan, bilimga jiddiy qaraydigan va birga o‘sadigan muhit.
Siz izlagan muhit shu yerda!
Bizning tajribamiz, kurslarimiz va yangi loyihalarimiz haqida videoda bilib oling.
Kurslarni ko‘rish ↗Bizning maqsadimiz shunchaki ma’lumot berish emas. Biz talabaga mavzuni tushunish, mustaqil fikrlash va olgan bilimini klinik vaziyatlarda qo‘llashga yordam beradigan ta’lim tizimini taklif qilamiz.Mavzuni tushunish, mustaqil fikrlash va bilimni klinik vaziyatlarda qo‘llashga yordam beramiz.
Mavzularning mohiyati, sabablari va fiziologik hamda patologik mexanizmlarini tushunishga alohida e’tibor qaratamiz.
O‘quv dasturlari oddiy tushunchalardan murakkab klinik jarayonlargacha izchil ketma-ketlikda tashkil etilgan.
10 000 dan ziyod talaba bilan ishlash davomida to‘plangan tajriba o‘quv materiallarimiz va ta’lim uslubimizni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Darslar savol-javob va muhokama shaklida o‘tkaziladi. Talabalar tushunmagan mavzularini ustoz bilan birgalikda tahlil qiladi.
Davomat, darsga oldindan tayyorgarlik va mavzularni o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Videodarslar talabalar fikrlari va ustozlarning yillar davomida to‘plagan tajribasi asosida yangilanmoqda.
O‘zingizni qiziqtirgan bo‘limga o‘ting va RMS ta’lim tizimi bilan tanishing.
Mashg‘ulotlar Telegram Voice Chat, Google Meet yoki Zoom orqali onlayn o‘tkaziladi. Aniq dars kunlari va vaqti guruhga qarab belgilanadi.
Kurs dasturini ochib, mavzular bilan to‘liq tanishing. Qabul holatini administrator bilan aniqlashtiring.
Bitiruvchilar fikri
Bitiruvchilarimizning samimiy fikrlari — biz uchun eng qimmatli natijalardan biri.
Video bu sahifada ochilmadi. Uni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.
Har bir bosqich mavzuni tushunish va faol ishtirok etishga yordam beradi.
Mavzu uchun videodars, o‘quv qo‘llanma, Anki materiallari, savollar va klinik masalalar beriladi. Tayyorlanish uchun 2 kun ajratiladi.
Talabaning mavzuni tushunishi baholanadi, murakkab mexanizmlar izohlanadi va bilimdagi kamchiliklar to‘ldiriladi.
Klinik vaziyatli masalalar birgalikda muhokama qilinadi. Erkin fikr bildirish va xatolar orqali o‘rganish rag‘batlantiriladi.
Har bir mashg‘ulotda davomat tekshiriladi. Qoldirilgan mavzuni qo‘shimcha dars yoki videoxabar orqali topshirish mumkin.
Savollar va kurslarga yozilish uchun administratorga murojaat qiling.
Administratorga yozish ↗